tripmaker

O'z shahringizni mehmonlarga ko'rsating

Gidlar, haydovchilar va tarjimonlar bilan ishlaymiz. Ro'yxatdan o'tish yo'q — ariza berasiz, jamoamiz siz bilan tanishadi va profilingizni ochadi.

Ariza berish

Uch yo'nalish

Bir nechtasini birga tanlashingiz mumkin.

  • Gid

    Shahar va tarixni yaxshi biladigan, mehmon bilan uning tilida gaplasha oladigan odamlar. Sertifikat bo'lsa yaxshi, lekin shart emas.

  • Haydovchi

    O'z mashinasida aeroport, shaharlararo yoki butun kunlik yo'llarga olib boradigan ehtiyotkor haydovchilar.

  • Tarjimon

    Uchrashuv, muzokara, ko'rgazma yoki shifokor qabulida yordam beradigan tarjimonlar.

Arizadan birinchi bron'gacha

Har qadamdagi holatni shu sahifada ko'rasiz.

  1. Ariza

    O'zingiz, shaharlaringiz, tillaringiz va tajribangiz haqida yozasiz. Ariza bepul.

  2. Ko'rib chiqamiz

    Jamoamiz arizani o'qiydi. Biror narsa yetishmasa, shu yerda so'raymiz.

  3. Qisqa video suhbat

    Vaqt va havolani shu sahifada ko'rsatamiz. Tanishamiz va platforma qoidalarini tushuntiramiz.

  4. Profilingizni ochamiz

    Suhbatdan keyin xodim profilingizni ochadi va siz panelga kirasiz.

  5. Shartlar va xizmatlar

    Hamkorlik shartlarini qabul qilasiz, xizmatlaringizni qo'shasiz — shundan keyin katalogda ko'rinasiz.

Obuna yo'q

  • Ariza, profil va xizmat qo'shish bepul — oylik yoki yillik to'lov yo'q.
  • Mehmon bron qilganda narxning 10% ini onlayn to'laydi — bu platforma xizmat haqi.
  • Qolgan 90% ni mehmon joyida to'g'ridan-to'g'ri sizga to'laydi.
  • Xizmat narxini o'zingiz belgilaysiz.

Yuklanmoqda…